
Angliyaga tortmay qolgan yulduzni ispanlar ilib ketmoqchi
“Chelsi” taklifini qabul qilib, “Barselona”dan yana Angliya premer-ligasiga qaytgan Per-Emerik Obameyangning ishlari unchalik yurishmayapti.
33 yoshli futbolchi Angliya chempionatida shu paytga qadar to‘qqiz marta maydonga tushib, atigi bir marotaba darvozasini ishg‘ol qildi xolos.
“Aristokratlar” portugaliyalik hujumkor futbolchi Joau Felishni qo‘lga kiritgani, Obameyangning o‘yin vaqtiga jiddiy ta’sir o‘tkazadi.
Shu bois, tajribali o‘yinchining atrofidagi vaziyatni ispan klublari kuzatib bormoqda. Ular orasida eng qimmatbaho transferi – Felishni Londonga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan “Atletiko” ham bor.
Fikrlar