Angliyalik futbolchi 14 yilga qamaladi

  • 15.08.2025 08:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Kristal Pelas” klubida o‘ynagan himoyachi Maykl Boateng 14 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilingani haqida xabar tarqatildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, sobiq futbolchini o‘ta katta miqdorda giyohvand modda saqlagani uchun hibsga olingan va keyinchalik uning aybi isbotlangan. Boateng turli xil narkotik moddalari bilan savdo qiladigan jinoiy guruh a’zosi bo‘lgani aytilmoqda.

34 yoshli sobiq himoyachi parallel tarzda futbolchilarning shasxiy murabbiyi bo‘lib ham ishlagan. “Manchester Yunayted”ning mashhur o‘yinchisi Jeydon Sancho uning murabbiy sifatida xizmatlaridan foydalanib kelgan.

Qizig‘i shundaki, Maykl Boateng 2014 yili kelishilgan o‘yinlar tashkil qilishda ayblanib, 16 oy qamalib chiqqan va unga bir umr futbol sohasida faoliyat ko‘rsatish ta’qiqlangan. Bundan tashqari, u 2015 yilda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani uchun ma’lum muddat o‘tirib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!