Angliyaning yangi chempioni oldindan e’lon qilindi
Opta statistika markazi superkompyuteri Angliya Premier-ligasida chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.
Sun’iy intellekt joriy mavsumda chempionlik uchun asosiy favorit sifatida Londonning “Arsenal” klubi ko‘rsatdi. Mikel Arteta shogirdlari mavsum oxirida chempionlik unvonini “Liverpul”dan tortib olishi taxmin qilinmoqda.
Maxsus algoritmlar orqali qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra, Angliya Premier-ligasi g‘olibligi uchun kurashayotgan jamoalarning imkoniyatlari quyidagicha baholandi.
• “Arsenal” — 89,62%
• “Manchester Siti” — 6,91%
• “Aston Villa” — 3,36%
• “Liverpul” — 0,07%
• “Chelsi” — 0,04%
Premier-liganing 22-turidan so‘ng “kanonirlar” turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchilari “Manchester Siti” va “Aston Villa”dan 7 ochko farq bilan oldinda bormoqda.
Fikrlar