Anri: "Arsenal"da hozir eng kuchli tarkib bor"
"Arsenal"ning afsonaviy hujumchisi Terri Anri joriy mavsumda klubning tarkibi juda chuqur va sifatli ekanini ta’kidladi.
"Hozir hech bir jamoada "Arsenal"dek chuqur tarkib yo‘q. Ba’zi klublar asosiy tarkibi jihatidan raqobat qila olishi mumkin, ammo butun tarkibga qaraganda bu deyarli ikki jamoa.
Zaxirada o‘tirgan futbolchilarga e’tibor bersangiz, hali hamon Martin Edegor, Kay Xavertts, Bukayo Saka, Gabriel Jezuslar yo‘q. Shularga qaramasdan, jamoa barcha turnirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rgan.
Ammo ochig‘ini aytaylik: bu yil nimadir yutqazish mumkin emas, albatta sovrin olish kerak. Bu zarur, bundan qochib bo‘lmaydi", – dedi Anri "CBS Sports" efirida.



Fikrlar