Asosiy mazmunga oʻtish

Anri Keynning «Oltin to‘p»ga sazovor bo‘lganini izohladi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Tyerri Anri «Oltin to‘p»ni Garri Keyning butun faoliyatiga berilgan munosib mukofot, deb baholadi.

Tyerri Anri Myunxenning «Bavariya» klubi markaziy hujumchisi Harri Keynning oʻyiniga baho berdi. Uning fikricha, angliyalik futbolchining «Oltin toʻp» bilan taqdirlanishi butun faoliyati davomidagi mashaqqatli mehnatining munosib samarasidir.

«U mehnatsevarlikning mukammal namunasi. «Oltin toʻp» — toʻliq munosib mukofot, bu uning mashaqqatli mehnat asosida qurilgan butun faoliyati natijasi. Bu katta hurmatga loyiq», — deya Anrining soʻzlarini Goal nashri keltirdi.

Ekspert angliyalik futbolchining universaliligini ham alohida taʼkidladi. Keyn nafaqat hujumda faollik koʻrsatadi, balki maydon markazida ham jamoadoshlariga yordam beradi.

33 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi boʻldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q