
APL. 13-turdan olingan eng sara suratlar orqali ishlangan fotomaqola!
Angliya Premer Ligasining 13-turida keskin kurashlarga boy o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Turning markaziy uchrashuvda "Manchester Siti" va "Chelsi" o‘zaro bahs olib bordi va mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. MYu esa mehmonda "Sheffild Yunayted" bilan bahslashib, 2:0 hisobida yutqazayotgan pallada 3 ta gol urdi, ammo so‘nggi daqiqalarda o‘z darvozasidan yana bitta to‘p olib chiqdi va hisob 3:3 ko‘rinishida yakunlandi. "Arsenal" "Sautgempton" bilan 2:2 hisobida durang natija qayd etgan bo‘lsa, "Tottenxem" safarda "Vext Xem"ni 3:2 hisobida engdi va engilmas nomga egalik qilayotgan "Liverpul" ham safarda 2:1 hisobida "Kristal Pelas"ni mag‘lub etdi. Ushbu turda yana bir qator qiziqarli bellashuvlar e’tiborni o‘ziga torta oldi. 13-turdan olingan eng sara suratlarni e’tiboringizga havola etamiz!
Konor Aurigeyn va Anvar El-Gazining urgan gollari "Aston Villa"ga "Nyukasl" ustidan g‘alaba keltirdi.
"Nyukasl" yulduzlarining sakrashlari ham, "uchish"lari ham hech qanday yordam berolmadi.
"Aston Villa" sardori o‘zi bilan sudrab, libosidan tortib etaklasa ham "Nyukasl" a’zosi baribir etolmadi.
Jon Terrini ham asli kelib chiqishi o‘zbekmikan-a?
MYu futbolchisi Markus Reshford yaxshigina ter to‘kishga majbur bo‘ldi.
Uilyams maydon chimlari bilan birgalikda parvoz etmoqda.
Millionlab ishqibozlarning eng yodda qolarli onlari bu bolaligida otasi maydonga olib borgan kunlardur.
Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv jangovar durang bilan yakuniga etdi.
"Chelsi"ga qarshi uchrashuvda Marez "Ittihod" stadionida parvoz qildi.
"Chelsi" futbolchilari qancha urinishmasin, shu kuni mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘lishdi.
Mag‘lubiyatni hazm qilishni istamaslik, shunday oqibatga olib keladi.
Garchi, gol urolmagan bo‘lsada, Aguero to‘pni o‘zi bilan olib yura oldi.
Mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘lgan tirik afsona!
APLda har bir to‘p uchun mana shunday kurashlar kechadi.
Shunday kurashlarning birida "Bornmut" futbolchisi to‘pni yo‘qotib qo‘ygan vaziyat.
APLga bo‘sh qolgan darvoza oldida to‘pni yo‘qotib qo‘yish yarashmaydi.
To‘p ortida qolib ketganini bilganidan keyin, bahona qidirib yotib oladiganlardan biri.
Sochi uzun yulduzlar bitta kadrda.
Fotomuhbir nigohida chiroyli foto.
Yakkakurashda yutqazganda ham taslim bo‘lmaydiganlarni APLda uchratish mumkin.
Bundesliga va La Ligada bunday qarshilikka uchramagan O‘zil APLda kutilganidek porlay olmadi.
"Sautgempton" futbolchilari ham "Arsenal" a’zolarini yakkakurashda enga olishdi.
Obameyangni ham!
"Brayton" - "Lester" 0:2. Bellashuv keskin kurashlarga boy bo‘ldi.
Shunday kurashlarning birida "Lester" futbolchisi parvoz qilib bo‘lsada, to‘pga egalik qildi.
Ha, shu kuni "Lester" istaganicha parvoz qildi.
Qanoti uchmayotgan futbolchiga "Brayton" darvozaboni yordamlashib yubordi.
Sadio Mane parvoz qilsa ham to‘pni o‘zi bilan birga olib yuradi.
Bo‘ldi. Gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas, parvozlarni shu erda to‘xtatamiz.
Martin Kelli jismonan baquvvat bo‘lgan Virjil van Deyk bilan kurashishdan qo‘rqmayapti.
Bunisiga nima deysiz?
Uilfrid Zaaning bir o‘zi butun "Liverpul"ga qarshi chiqa olmaydi. Kadr esa shunchaki ajoyib.
Parvoz borasida boshqa to‘xtalmaslikka qaror qilgan edik, ammo...
Xotirjamlikka berila olmagan ikkita klub bosh murabbiylari.
Todd Kantuell 54-daqiqada "Norvich"ni hisobda oldinga olib chiqdi.
So‘nggi daqiqalarda Dennis Shrbenining urgan golidan keyin, "Everton"ning mag‘lubiyatga uchrashi oydinlashib bo‘lgan edi.
Izoh o‘zingizdan!
"Byornli" futbolchisi "Uotford" darvozasini ishg‘ol qilganidan keyin, golni shu tarzda nishonladi.
Hisob qanday ko‘rinishda ekanligini bilib olishingiz mumkin.
"Uotford" - "Byornli" 0:3.
Mourino "Tottenxem"dagi debyutidayoq o‘zining emotsiyalarini ko‘rsatishni boshladi.
Angliya futbolida muxlislar ham jozibali! Ayniqsa "Tottenxem" muxlislarining insoniylik sifatlari kuchli.
To‘p Lukasning boshida emas...
Mana bu shedevr uzatma bo‘ldi. Ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda ushbu vaziyat juda ko‘p marotaba tomosha qilindi.
Osiyolik futbol yulduzi.
Fikrlar