APL. "Arsenal" London derbisida "Chelsi"ni mag‘lub etdi

  • 01.03.2026 23:27
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

APLning 28-turidan o‘rin olgan London derbisi o‘z nihoyasiga yetdi. “Arsenal” o‘z uyida “Chelsi”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, 22-daqiqada Saliba hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar futbolchisi Inkapye o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va hisob tenglashdi. 66-daqiqada esa Timber ham o‘z nomiqa gol yozdirib qo‘yib, “kanonirlar”ning 3 ochko qo‘lga kiritishini ta’minladi. E’tiborli­si, mazkur bahsdagi barcha gollar burchak zarbasidan so‘ng kiritildi.

Shu tariqa, Mikel Arteta shogirdlari ochkolari sonini 64 taga yetkazdi va turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
19.png

Arsenal

  • William Saliba 21'
  • Jurriën Timber 66'
Tugadi
2 : 1

01.03.2026 21:30

18.png

Chelsi

  • Piero Hincapié 45'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!