APL. "Arsenal" London derbisida "Tottenxem"ni yirik hisobda yengdi. Dyokeresh va Ezedan dubl
Angliya Premier-ligasining 27-turida Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" safarda "Tottenxem"ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, peshqadamlikni mustahkamladi.
"Kanonirlar"ning ikki futbolchisi Viktor Dyokeresh hamda Eberechi Eze dublni rasmiylashtirdi. Shvetsiyalik forvard 47 va 90+4-daqiqada, angliyalik yarim himoyachi esa 32 va 61-daqiqalarda dublni rasmiylashtirdi. "To‘pchilar"ning naqd 4 ta goliga esa 34-daqiqada Randal Kolo Muani o‘zining yagona goli bilan javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolar sonini 61 taga yetkazib olib, "Siti" bilan farqni 5 tagacha oshirdi. Shuningdek, Arteta boshqaruvidagi jamoa bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Tottenhem
- Randal Kolo Muani 34'
Tugadi
1
:
4
22.02.2026 21:30
Arsenal
- Eberechi Eze 32'
- Viktor Gyökeres 47'
- Eberechi Eze 61'
- Viktor Gyökeres 90'
Fikrlar