
APL grandi "Yuventus" futbolchisini nishonga oldi
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo qishda Angliya Premer-ligasiga o‘tishi mumkin. "Juventus News 24" nashri xabariga ko‘ra, "Chelsi" frantsiyalik futbolchining shartnoma yakunlanayotganidan foydalanib, uni yanvarda 8-10 million evro atrofidagi summaga sotib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Rabo va Turinning "Yuventus" klubi o‘rtasidagi amaldagi kelishuv mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi. Ayni damda tomonlar bitimni uzaytirish borasida muzokaralar olib borgani yo‘q, bu esa boshqa klublar uchun imkoniyat eshigini ochmoqda.
Rabo o‘tgan yozda "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin edi. "Qizil iblislar" "Yuventus" bilan kelishuvga erishdi, biroq futbolchi juda ko‘p maosh talab qildi, shu sababli mankunianliklar Kazemironi xarid qildi.
Fikrlar