APL grandlari nishonidagi murabbiy debyutant bilan shartnomasini uzaytiradi

  • 28 may, 2024, 07:05
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kiran Makkena "Ipsvich" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin.

"The Telegraph" nashrining yozishicha, murabbiy "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Brayton" klublari qiziqishlariga qaramay, yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Hozirda tomonlar faol muzokaralar olib bormoqda va kelishuv amalga oshishi kutilyapti. Makenna "Ipsvich"da o‘zini qulay his qilyapti va klub bilan Premer ligada ham ishlamoqchi ekanligini aytib o‘tdi.

Murabbiyning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Uning rahbarligida jamoa mavsum yakunida 96 ochko bilan Chempinshipda ikkinchi o‘rinni egallab, Premer ligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!