APL hakamining hayoti xavf ostida! U maydonga tushishdan bosh tortmoqda

  • 9 fevral, 2021, 22:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hakamlar bilan muammolar sayyoramizning eng kuchli chempionatlarida ham uchrab turadi. Ayniqsa, APLda VAR paydo bo‘lishi noroziliklarni ortib ketishiga turtki bo‘lmoqda. 52 yoshli Mayk Din hozir ingliz muxlislari tomonidan keskin siquvga olindi. 2000 yildan beri referi sifatida faoliyat olib borayotgan mutaxassis qizil kartochkalarni ayab o‘tirmaydiganlar sirasiga kiradi. U ilk bor 2001 yilda «Nyukasl» a’zosi Nolberto Solanoni maydondan chetlatgan. Qattiqqo‘l hakam bo‘lishiga qaramay, uni bugunda adolatsizlikda ayblashmoqda. Xo‘sh, nima uchun u va uning oila a’zolari o‘lim tahdidi bitilgan xatlarni qabul qilib olishga majbur bo‘lmoqda?

Tecno

Joriy mavsumda Din APLning 15  ta o‘yinini boshqarib bordi. 55 ta sariq va 6 ta qizil kartochka! Negadir so‘nggi o‘yinlarda hakam qizil kartochka va qo‘pol xatolarni ko‘paytirib yubormoqda. Bunga mutaxassislar VARning ishga tushganini asosiy sabab qilib ko‘rsatmoqda.

Din221

Mayk boshqaruvidagi «Manchester Yunayted» - «Sautgempton» (9:0) bahsi yodingizdami? Hakam o‘yinning  2, 86-daqiqalarida mehmonlar a’zosiga chiqish eshiklarini ko‘rsatib yubordi. To‘g‘ri, qo‘pollik bor, ammo o‘yinning 2-daqiqasida?!

Uchrashuv yakunlangach, «Sautgempton» rahbarlari APLdan Mayk Dinni boshqa uchrashuvlarga qo‘ymaslikni talab qildi. Chempionat vakillari, Dinni «Sautgempton» ishtirokidagi o‘yinlardan ozod qildi va 86-daqiqadagi qizil kartochkani bekor qildi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan «Fulxem» va «Vest Xem» o‘rtasidagi bahsni yodga olamiz. Bu uchrashuvda ham mehmon jamoa jabr ko‘rdi. Qo‘shimcha daqiqalarda «bolg‘achilari» himoyachisi Tomash Souchek Lingardning uzatmasini jarima maydonchasi ichida kutishni boshladi. To‘p uchun kurash chog‘ida u Aleksandr Mitrovich bilan to‘qnashib ketdi. Bu shunchaki APLga xos yakkakurash edi. Din esa, kutilmaganda VARga murojaat qildi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Souchekka qizil kartochka ko‘rsatdi. London klubi bu voqeadan norozi ekanligini chempionat rasmiylariga ma’lum qilgach, 2 kundan so‘ng, kartochka bekor qilindi.

plo‘kelpepl

Aslida videotakrorni Angliyada anchadan beri tanqid qilib kelishmoqda. Ayniqsa, Jeymi Karrager hakamlarga VAR erkin ishlash imkonini bermayotgani haqida bir necha bor ta’kidlab o‘tdi. Endilikda, uning safiga Garri Lineker ham qo‘shildi.

VARga moslashib ketish uchun qariya hakamga vaqt talab etiladi, ammo muxlislar ko‘z o‘ngida Din o‘z imijini keskin tushirib yubordi. Endilikda, unga va uning oila a’zolariga ijtimoiy tarmoqlar orqali ochiqdan-ochiq tahdidli smslar kelishni boshladi. Uning sha’niga aytilayotgan xunuk so‘zlar haqida-ku gapirsa ham bo‘ladi.

o‘lukpo‘luko‘plku

Futbolchi o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida shaxsiy advokati bilan maslahatlashib olishga qaror qildi. Bu voqea omma yuzini ko‘rgach, birinchilardan bo‘lib Garri Lineker vaziyatga aralashdi.

«APLning eng kuchli hakamlaridan biri sanalgan Din endi avvalgidek maydonda ishlay olmaydi. VAR va boshqa omillar unga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Uni o‘lim bilan qo‘rqitayotganlari juda alamli. Odamlarga nima bo‘lyapti?!»

Achinarlisi shundaki, muammo VARda bo‘lishiga qaramay, kaltak Maykning «boshida sinmoqda». «Vest Xem» a’zosi Souchek voqealardan xabar topgach, OAV orqali hakamdan xafa emasligini ma’lum qildi. U maydon ichida bo‘lgan voqealar, maydondan tashqariga chiqmasligi haqida fikr bildirdi. APL tarixidagi qizil kartochkalarning 7 foizining egasi sanalgan Din yaqin orada yashil maydonda ko‘rinish bermasligi aniq. U APL rahbarlaridan o‘zini bir nechta turga o‘yinlardan ozod qilishlarini iltimos qilgan. Voqealar rivojini SPORTS.uz da kuzatib boring.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!