
APL. Ikkita qizil kartochka, hisobga olinmagan gollar, xet-trik qilgan Jekson. "Chelsi" "Tottenxem"ni yirik hisobda taslim qildi
APLning 11-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv "Tottenxem" va "Chelsi" o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, Kulusevski 6-daqiqada hisobni ochdi. 35-daqiqada esa Romeroga qizil kartochka ko‘rsatildi va "shporlar" darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasidan Palmer unumli foydalandi. Shundan so‘ng Udoji ham o‘yindan chetlatildi va mezbonlar 9 kishi bo‘lib qoldi. Uchrashuv yakunigacha Jekson xet-trik qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, "Tottenxem" turnir jadvalining 2-o‘riniga joylashdi. "Chelsi" esa 10-pog‘onaga ko‘tarildi.
Fikrlar