
APL klublari "Barselona" hujumchisini qo‘lga kiritmoqchi
"Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt mavsumlar oralig‘ida kataloniyaliklar tarkibini tark etishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri daniyalik futbolchi uchun "Everton" va "Vest Xem" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar bermoqda.
Mavsumni "Leganes" klubida boshlab, "Barselona"da yakunlab qo‘ygan daniyalik futbolchi 35 ta o‘yinda 7 ta gol va ikkita golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar