APL klublari "Shaxtyor"ning qaysi futbolchisiga da’vogarlik qilishmoqda?

  • 24 aprel, 2020, 18:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Shaxtyor» yarim himoyachisi Tete «Lester» hamda «Nyukasl» klublarining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Tecno

«Globoesporte» tarqatgan xabarlarga qaraganda, APLning ikkala vakili ham koronavirus sababli jahondagi aksariyat mamlakatlarda karantin belgilangunga qadar braziliyalik 20 yoshli iqtidorni faol tarzda kuzatib kelishgan.

Ukraina klubining Tete uchun 70 million olmoqchi bo‘layotganligi xabar qilinmoqda. Futbolchiga shuningdek, «Roma» klubi ham qiziqish bildirmoqda. «Shaxtyor» Teteni 2019 yilning yozida «Gremio» klubidan 15 million evroga sotib olgan.

Shu paytgacha u «Konchilar» jamoasi safida 26 uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 4 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt.com» portali Teteni 15,5 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!