APL. "Kristal Pelas" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

  • 07.12.2025 23:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining 15-turidan o‘rin olgan yana bir bahs o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Oliver Glasner boshchiligidagi "Kristal Pelas" safarda "Fulxem" bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Dastlab, to‘qnashuvning 20-daqiqasida Edvard Nketia hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 18 daqiqa o‘tib Xarri Uilson oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi va jamoasini tanaffusga durang natija bilan chiqishini ta’minladi. Biroq, bellashuvning 87-daqiqasida Mark Gexi "Pelas"ning ikkinchi golini kiritdi va g‘alabani ta’minladi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "Kristal Pelas" ushbu o‘yindan so‘ng ochkolar sonini 26 taga etkazib olib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!