APL. "Liverpul" "Lids"ni tor-mor etdi
APL 19-turidan (qoldirilgan) o‘rin olgan "Liverpul" - "Lids" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda "qizillar" yirik 6:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Mersisaydliklar safida Saloh ikki marotaba penaltini aniq amalga oshirib, dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, Mane ham ikki bora raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, Matip va Van Deyk nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Yirik g‘alabani tantana qilgan Klopp shogirdlari ochkolari sonini 60 taga etkazib qo‘ydi. Ayni vaqtda ular peshqadam "Manchester Siti"dan 3 ochko ortda qolmoqda. 23 ochkosi bor "Lids" 15-o‘rinni band etgan.
Shuningdek,
Fikrlar