APL. "Liverpul" navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritib, peshqadamga aylandi
APLning 31-turida "Liverpul" "Sheffild"ni o‘z maydonida qabul qilib, ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.
Dastlab, Nunes hisobni ochgan bo‘lsa, 58-daqiqada Bredli o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Shundan keyin Makalister va Gakpolar bittadan gol urib, farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "qizillar" turnir jadvalida yana peshqadamga aylanib oldi. "Sheffild" esa hamon so‘nggi pog‘onada ketmoqda.
"Liverpul" 3:1 "Sheffild"

Fikrlar