APL. "Liverpool" soʻnggi sekundlarda van Deykning goli evaziga gʻalabani ilib ketdi

  • 19.04.2026 20:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasi 33-turidan o‘rin olgan derbida "Everton" "Liverpul"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Dastlab 27-daqiqada Iliman Ndiay hisobni ochgan edi, biroq uning goli ofsayd sabab bekor qilindi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Muhammad Saloh mersisaydliklarni oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 54-daqiqada Betu hisobni tenglashtirdi. 58-daqiqada esa "Liverpul" darvozaboni Georgiy Mamardashvili jarohat tufayli maydonni tark etdi va uning o‘rniga Freddi Vudmen tushirildi.

Uchrashuv taqdiri ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 10-daqiqada hal bo‘ldi — Virjil van Deyk g‘alaba golini urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!