APL. "Manchester Yunayted" qiyinchilik bilan "Chelsi"ni taslim etdi

  • 20.09.2025 23:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Chelsi" klublari o‘rtasidagi markaziy bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Mazkur to‘qnashuvda Ruben Amorim boshqaruvidagi "qizil iblislar" "aristokratlar"ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 
 
Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq londonliklar posboni Robert Sanches qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib esa Brunu Fernandesh o‘yindagi hisobni ochdi. 37-daqiqaga kelib "Real Madrid"ning sobiq futbolchisi hisoblangan Kazemiro oradagi farqni 2 taga etkazdi. Shuningdek, braziliyalik yarim himoyachi bo‘lim so‘nggida ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi. 
 
Ikkinchi bo‘limning 80-daqiqasida esa "Chelsi" himoyachisi Chaloba boshi zarba zarba yo‘llab, hisobni qisqartirdi. Bundan keyin jamoa yana bir bor raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi va mag‘lub bo‘ldi.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
14.png

Manchester Yunayted

  • Casemiro 37'
  • Bruno Fernandes 14'
Tugadi
2 : 1

20.09.2025 21:30

18.png

Chelsi

  • Trevoh Chalobah 80'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!