APL. MYu penaltidan kiritilgan gollar evaziga "Vest Xem"dan ustun keldi

  • 13 aprel, 2019, 23:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Old Trafford" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Dastavval 19-daqiqada Pol Pogba penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 

Tecno

Ikkinchi bo‘lim avvalida esa Felipe Anderson o‘zining aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi. Ammo bahs so‘nggida Pogba "bolg‘achilar" darvozasi tomon belgilangan yana bir 11 metrli zarbani golga aylantirib, "qizil iblislar"ga muhim bo‘lgan 3 ochko olib keldi.

Shu tariqa manchesterliklar hisobidagi ochkolar soni 64 taga etdi va jamoa vaqtinchalik bo‘lsada, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Londonliklar esa 42 ochko bilan 11-pog‘onani band etishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!