APL. "Otishmaga" aylangan bahsda "Manchester Yunayted" "Bornmut" bilan jangovar durang o‘ynadi

  • 16.12.2025 02:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasi 16-turning so‘nggi bahsi gollarga boy kechdi. 
 
Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Bornmut"ni qabul qildi va 4:4 hisobidagi durangga imzo chekdi. Yakunlangan bellashuv kambeklarga boy o‘tdi. 
 
To‘qnashuvning 13-daqiqasida Amad hisobni ochdi, 40-daqiqada esa "Bornmut" hujumchisi Semeno oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi. Bo‘lim yakunlanayotganda Brunu Fernandeshning uzatmasini Kazemiro golga aylantirib, "qizil iblislar"ni yana oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 6 daqiqasida "Bornmut" ikki gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu gollarga Evanilson hamda Markus Taverne mualliflik qildi. 
 
77-daqiqada portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandesh jarima zarbasidan chiroyli gol urib, hisobni 3:3 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib Kunya ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Biroq, 84-daqiqada Eli Junior Krupi Bornmutning 4-golini kiritdi va hisobni 4:4 qildi.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
14.png

Manchester Yunayted

  • Amad Diallo 13'
  • Matheus Cunha 79'
  • Casemiro 45'
  • Bruno Fernandes 77'
Tugadi
4 : 4

16.12.2025 01:00

52.png

AFK Bornmut

  • Antoine Semenyo 40'
  • Evanilson 46'
  • Marcus Tavernier 52'
  • Eli Kroupi 84'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!