
APL rekord transfer ostonasida turibdi
"Manchester Siti" "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilishning transferi uchun qancha to‘lashi ma’lum bo‘ldi.
Italiyalik jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, transfer 117 million evroni tashkil qiladi. Agar transfer amalga oshsa, bu Angliya premer-ligasi uchun rekord bo‘ladi.
Grilish bugun “shaharliklar” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda. Barchasi ijobiy yakunlangach, u "Siti" bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq agar Grilish “Manchester Siti”ga o‘tsa, “shaharliklar”ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silva jamoani tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar