APL toʻpurari uchun transfer bozorida kurash avjida

  • 14.02.2026 17:10
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

APLning toʻpurarlar poygasida 2-oʻrinda ketayotgan "Brentford" hujumchisi Igor Tiago uchun transfer bozorida kurash avjiga chiqqan. Bu haqida "TEAMtalk" nashri xabar bermoqda. 

Manbada berilgan maʼlumotga koʻra, 24 yoshli forvardning xizmatlariga hozirda "Bavariya", "Chelsi" va "Manchester Siti" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Maʼlum boʻlishicha, hujumchi yaqinda "asalarilar" bilan amaldagi shartnomasini 2031 yilning yozigacha uzaytirgan. 

Tiagoning ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 35 million evroni tashkil etadi. 

Maʼlumot uchun, Igor joriy mavsum ingliz klubi safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol kiritdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!