Asosiy mazmunga oʻtish

APL. "Tottenxem" o‘z maydonida "Everton"dan ustun keldi

Izohlar: 0

"Shporlar" ochkolari soni bo‘yicha "Siti"ga etib oldi.

Angliya Premer Ligasi 11-turi  davom ettirilmoqda. Antonio Konte boshchiligidagi "Tottenxem" o‘z maydonida "Everton"ni qabul qilib, ishonchli hisobda g‘alaba qozondi.

59-daqiqada Xarri Keyn 11 metrli nuqtadan aniq zarba yo‘llab, uchrashuvda hisobni ochgan bo‘lsa, bahs yakuniga yaqin Bentankurning uzatmasidan keyin Xyoyberg o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Mazkur g‘alabadan keyin "shporlar" ochkolari sonini 23 taga etkazib, 3-o‘rinda qoldi. "Everton" esa 10 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

{game}3901040{/game}
Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q