APL. “Tottenxem” safarda “Aston Villa”ni yengib, 17-o‘ringa ko‘tarildi
APLning 35-turidan o‘rin olgan bahs o‘z nihoyasiga yetdi.
“Aston Villa” o‘z maydonida “Tottenxem”ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Dastlab, 12-daqiqada Konor Gallaher hisobni ochdi. 25-daqiqada esa Risharlison ustunlikni ikkita oshirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Emiliano Buendiya gol urib, hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa, “shporlar”ning ochkolari soni 37 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 17-o‘ringa ko‘tarildi. Unai Emeri shogirdlari esa 58 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Aston Villa
- Emiliano Buendía 90'
Tugadi
1
:
2
03.05.2026 23:00
Tottenhem
- Conor Gallagher 12'
- Richarlison 25'

Fikrlar