APLda fevral oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

"Byornli" bosh murabbiyi Shon Daych Angliya Premer-ligasining fevral oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 48 yoshli mutaxassisga mazkur mukofotni qo‘lga kiritishda "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher, "Arsenal" ustozi Mikel Arteta hamda Kris Uaylderlar ("Sheffild Yunayted") raqobat qilgan edi.

Ma’lumot uchun, "Byornli" o‘tgan oy 8 ochko jamg‘arishga erishdi va biror marta mag‘lub bo‘lmadi. Qayd etish joiz, Daych faoliyati davomida ikkinchi bor APLda oyning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!