APLning markazni zo‘r ushlaydigan uch futbolchisi aniqlandi
Angliya Premer-ligasi murakkabligi, jozibadorligi, shiddati va iste’dodli charm to‘p ustalarining ko‘pligi bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini o‘ziga qaratib kelmoqda.
Angliyalik futbol ekspertlari yaqin kelajakda grand klublar safiga ko‘chib o‘tishga loyiq yarim himoyachilar ro‘yxatini tuzdi. Aslida bu o‘yinchilar uchun kurash allaqachon boshlanib bo‘lgan. Yozgi transferlar davrida ular faoliyatida jiddiy o‘zgarish bo‘lishi mumkin.
Elliot Anderson – “Nottingem Forest”ning 23 yoshli yarim himoyachisi to‘p bilan harakat qilish uslubi, dribling va hujumni ko‘ra olish qobiliyati bilan “Manchester Yunayted” yoki “Tottenem”ga mos keladi. Bu futbolchi dinamik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘yin talab qiluvchi taktikalar uchun juda kulay.
Adam Uorton – “Kristal Pelas”ning 21 yoshli markaziy yarim himoyachisi intellektual salohiyati bilan ajralib turali. U o‘yin tempini boshqarish, pozitsion o‘yin va to‘pni aniq taqsimlashda yorqin harakat qiladi.
Morgan Rojers – “Aston Villa”ning 23 yoshli yarim himoyachisi universalligi bilan e’tibor qozondi. Morgan yarim himoya bilan hujumchilarni bog‘lay olishi bilan ham ajralib turadi. Jarima maydoniga kirib borish va uzoq masofadan zarba berish qobiliyati uni “Liverpul” yoki “Manchester Siti” uchun jozibali qiladi.
Fikrlar