APLning uchta jamoasi Vinisiusni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 09.01.2026 15:12
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

APLning uchta klubi "Roma" himoyachisi Uesli Vinisiusni oʻz safiga qoʻshib olishga urinmoqda. Bu haqida "TEAMtalk" nashri xabar bermoqda.

Manbada berilgan maʼlumotga koʻra, 22 yoshli futbolchining xizmatlariga "Manchester Siti", "Tottenxem" va "Nyukasl" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Klublar Ueslining oʻyinlaridan hayratda qolgan. Rimliklar himoyachini qoʻyib yuborish niyatida emas. Ammo jamoaga yangi futbolchilarni jalb qilish maqsadida transferga rozi boʻlishi mumkin.

Vinisiusning hozirda transfer bozoridagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda.

Maʼlumot uchun, braziliyalik futbolchi joriy mavsum "Roma" safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritishga erishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!