
Aqidaxon Axtamova Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi!
Ayni kunlarda Gruziyaning Tbilisi shahrida para pauerlifting bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi jahon kubogi start oldi
Quvonarlisi, musobaqaning dastlabki kunida ayollar o‘rtasida -50 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Aqidaxon Axtamova 109 kg natija qayd etgan holda jahon reytingida 8-o‘rinni egalladi va Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining Parij Paralimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni 41 taga etdi.
Fikrlar