
AQSh ayollar terma jamoasi Obamaga nima sovg‘a qildi? (FOTO)
Yaqindagina Frantsiya yashil maydonlari mezbonligida o‘tgan jahon chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritgan AQSh ayollar terma jamoasi a’zolari mamlakatning sobiq prezidenti Barak Obamaga o‘z libosini sovg‘a qilishdi.
“Endi Amerikaning eng yaxshi jamoasi vakili ekanligimdan faxrlanaman. O‘z mamlakatidagi ayol va qizlarni ruhlantira olganligi uchun AQSh ayollar terma jamoasiga minnatdorchilik bildiraman”, - deb yozadi Obama o‘z tvitter sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, AQSh terma jamoasi finalda Gollandiyani 2:0 hisobida engdi va o‘z tarixida 4-marta jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar