AQSh bosh murabbiyi: "O‘zbekiston va Ummon biz uchun yaxshi raqib bo‘lib beradi"

  • 28 avgust, 2023, 17:04
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 9 va 12 sentyabrda AQSh hamda Meksika terma jamoalari bilan o‘yin o‘tkazadi. O‘rtoqlik maqomida o‘tadigan bahs oldidan AQSh termasi bosh murabbiyi Gregg Berxalter o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Biz kelgusi uch yil davomida turli raqiblar bilan kuch sinashish bo‘yicha o‘yinlar o‘tkazyapmiz. Bu borada bizda alohida dastur mavjud. 

O‘zbekiston va Ummon biz bilan ilk bor to‘qnash keladi. Ularning ikkisi ham Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘ylashimcha, ular AQSh uchun yaxshi raqib bo‘lib beradi. Bu o‘yinlarni intizorlik bilan kutmoqdamiz va muxlislarimizga kutilgan natija taqdim etishni istaymiz!", -dedi mutaxassis.

Quyida esa O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlaridagi taqvimi bilan tanishishingiz mumkin. Qo‘shimchasiga, Olimpiya terma jamoamizning o‘yinlari sanasi ham suratda aks ettirilgan. 

aqsh

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!