AQSh O‘zbekistonni qay tarzda mag‘lub etdi? Qo‘shma Shtatlar bosh murabbiyi bunga javob berdi (matbuot anjumani)

  • 10 sentabr, 2023, 13:16
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida AQSh hamda O‘zbekiston o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda shimoliy amerikaliklar 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Dastlab, bellashuv avvalida Vea hisobni ochdi. O‘yin yakunlanishiga yaqin Pepi oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Pulishich esa 90+4-daqiqada hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 

Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida AQSh termasi bosh murabbiyi Gregg Berxalter o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"O‘ylashimcha, biz bu o‘yinni tajriba sifatida o‘tkazishimiz kerak edi. Buni yaxshi uddaladik. Biz bundanda zo‘r o‘ynay olamiz, rivojlanishimiz kerak edi, o‘sishdan to‘xtamaymiz. 

Bahsning so‘nggi 10 daqiqasidagi qarashlarimizdan juda xursand bo‘ldim. Yigitlar oxirigacha gol urishni istashdi, ular g‘alabaga chanqoq edi. Masalan, biz 1:0 hisobini ushlash uchun himoyaga yotib olishimiz ham mumkin edi. 

O‘zbekiston 4 himoyachi bilan o‘ynashni boshlaganda, ularning hududida bo‘sh zonalar paydo bo‘la boshladi. Futbolchilarimiz esa o‘sha ochiq hududlardan hujum qilishni to‘xtatishmadi. 

Raqibga qarshi pozitsion hujum boshlash chog‘ida ularning bizga qarab tortilishini kutdik. Ya’ni futbolda 5 himoyachi bilan harakatlanayotgan jamoaning zichligini yorib o‘tish muhim jarayon hisoblanadi. Maqsadimizga etishgan onimizda tezlik bilan hujumga o‘tishni reja qildik. 

Beshtalik himoyachi bilan o‘ynaydigan raqib mudofaasini osonlik bilan engib bo‘lmaydi. Ko‘rdingiz, ular asosan orqa frontda turib harakat qilishdi. Odatda, biz bunday uslubdagi jamoalar bilan tez-tez o‘yin o‘tkazmaymiz.

Shuningdek, to‘pni yo‘qotgandan so‘ng pressing qilishda kamchiliklarimiz ko‘zga tashlandi. Menimcha, biz O‘zbekistonga juda ko‘p imkoniyatlar berib yubordik", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кенжаев Мажид
11/09/2023 10:51
Элдор бирга бир чикканда узининг махоратини курсатиши керак эди! Афсуски Элдор.....?