Arbeloa "Bavariya"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?

  • 08.04.2026 03:21
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa "Bavariya"ga qarshi (1:2) mag‘lubiyatdan keyin jamoasining imkoniyatlarini yuqori baholadi.Uning taʼkidlashicha, jamoa hali ham keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega. 

"Biz hali ham o‘yinmadiz. Faqat bitta gol yetishmayapti. "Real" istalgan maydonda g‘alaba qozonishi mumkin. Afsuski, o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanolmadik. Birinchi bo‘limda juda chuqur o‘ynadik va bu raqibga ustunlik berdi.

Ikkinchi bo‘limda esa o‘yinni yaxshiladik. Jamoa xarakter ko‘rsatdi. Hali ham hammasi o‘z qo‘limizda",
— dedi Arbeloa.

Maʼlumot uchun, javob o‘yini 15 aprel kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!