Arbeloa: "Biz ko‘rishni istagan "Real" aynan shu"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida "Benfika"ga qarshi o‘yin (1:0) haqida fikr bildirdi.
– Biz birinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdik va ko‘proq gol urishga loyiq edik. O‘sha mojarodan keyin o‘yin biroz o‘zgaridi, ammo shunga qaramay yaxshi harakat qilishda va vaziyatlar yaratishda davom etdik.
Tabiiyki, raqib ochildi, ba'zi vaziyatlarda to‘p bir jarima maydonidan ikkinchisiga tez o‘tdi, nazorat kamaydi. Ammo bu uchrashuvda biz aynan ko‘rishni istagan "Real"ni ko‘rdik: ishonchli, barcha futbolchilar jonbozlik bilan harakat qiladigan va jamoa uchun o‘ynaydigan tarkib. Uch hafta avvalgi o‘yin bilan solishtirganda katta farqni ko‘rdim. Bu butunlay boshqa jamoa edi va muxlislar ham aynan shunday "Real"ni ko‘rishni istaydi.
Albatta, avvalgi o‘yin biz qanday o‘ynashimiz kerakligidan ancha uzoq edi. Bu safar esa to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdik. Men tayinlanganimdan beri aynan shu jihatga urg‘u berib kelyapman.
Jamoa ajoyib o‘ynadi. Albatta, hali o‘sish uchun joy bor, ammo aynan shu yo‘nalishda harakat qilishimiz kerak, – dedi Arbeloa.
Fikrlar