Arbeloa Mbappeni maqtadi: "Biz kutgan Kilian aynan shu"
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi chorak finalida "Bavariya"ga qarshi uydagi mag‘lubiyatdan (1:2) keyin Kilian Mbappening o‘yinigа yuqori baho berdi.
Fransiyalik hujumchi 74-daqiqada madriddiklarning bahsdаgi yagona goligа mualliflik qildi.
Arbeloa Mbappening harakatlaridan mamnun ekanini yashirmadi.
"U o‘yinga juda katta e’tibor bilan yondashdi, doim raqib darvozasiga xavf solib turdi. Biz ko‘rishni istaydigan Mbappe aynan shu. Uning o‘zi ham har kuni shunday bo‘lishni xohlaydi", — dedi murabbiy.
Shuningdek, u qanot himoyachisi Alvaro Karrerаsning Maykl Olisеgа qarshi qiynalgani haqida ham fikr bildirdi.
"U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga qarshi o‘ynadi, bu esa oson emas. Mening Alvaroga bo‘lgan ishonchim sira ham kamaymaydi, u bugungi o‘yindan to‘g‘ri xulosa chiqaradi.
Qanot himoyasida o‘ynaganlar bu pozitsiya qanchalik qiyinligini yaxshi biladi. Ammo Alvaro — “Real”ning buguni va kelajagi bo‘lgan futbolchi", — deya ta’kidladi Arbeloa.
Fikrlar