Arbeloa “Real” yulduzi e’tiroziga javob berdi

  • 24.04.2026 07:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa oʻng qanot himoyasida nega jamoa sardori Daniel Karvaxal emas, Trent Aleksander-Arnold maydonga tushayotganiga izoh berdi.

Avvalroq, Karvaxal oʻziga yetarli darajada oʻyin amaliyoti berilmayotgani va buning oqibatida 2026 yildagi jahon chempionatida ishtirok etadigan Ispaniya terma jamoasiga kirolmay qolishi mumkinligini aytib, norozilik bildirgan edi.

- Trent yuqori saviyada oʻyin koʻrsatmoqda, u maydonga tushishga loyiq. Uning oʻyini shubha ostida emas. Men uchun har bir oʻyin hayot-mamot masalasi. Qaysi futbolchini maydonga tushirsam, demak, men unga ishonaman va u jamoaga gʻalaba olib kelishga yordam beradi deb hisoblayman. Men hech kimga shunchaki oʻyin daqiqalarini bermayman, - dedi Arbeloa.

Joriy mavsumda Trent Aleksander-Arnold “Real” safida barcha musobaqalarda 25 ta oʻyinda ishtirok etib, 5 ta golli uzatma amalga oshirgan. 34 yoshli Karvaxal esa 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan boʻlsa-da, umumiy hisobda 885 daqiqa oʻynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!