Arbeloa yana "Real"dan oʻyinchi oladi
«Fulxem» jamoasining bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Real»ning 18 yoshli yarim himoyachisi Tyago Pitarch bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Xabarlarga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham Angliya premer-ligasida sobiq ustozi qo‘l ostida yana ishlashni istamoqda.
Ta’kidlanishicha, Pitarch Arbeloa «Real» yoshlar jamoalarida faoliyat yuritgan davrda uning eng katta topilmalaridan biriga aylangan.
Yosh yarim himoyachi Xose Mourinyo «Qirollik klubi»ni qabul qilib olgach, asosiy tarkibda o‘zini ko‘rsatish imkoniyati cheklanishidan xavotirda.
Tyago Pitarch — madridlik «Real» tarbiyalanuvchisi. O‘tgan mavsumda u asosiy jamoa safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, ikki bor golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar