Arda Turanning ijara muddati vaqtliroq yakunlandi
2018-yil yanvaridan buyon "Istanbul" klubida ijarada to‘p surib kelgan "Barselona" yarim himoyachisi Arda Turan muddatidan avval Kataloniyaga qaytadigan bo‘ldi.
Turk klubi futbolchi bilan ikki yarim yillik ijara shartnomasi imzolagan edi. Biroq futbolchi qishda o‘zini qo‘yib yuborishini jamoa rahbariyatidan so‘ragan.
Turanning "Barselona" bilan shartnomasi 2020 yil yozida yakuniga etadi. Oldinroq, xavbek "Galatasaray"ga qaytishi xabar qilingan edi.
Fikrlar