Argentina jahon chempionati oldidan bosh murabbiy bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 25.03.2026 07:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Argentina futbol assotsiatsiyasi rahbariyati 2026 yildgi jahon chempionati oldidan milliy terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skaloni faoliyati bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.

Unga ko‘ra, rahbariyat bu mutaxassisni terma jamoa boshqaruvida uzoqroq saqlab qolmoqchi. Ana shu maqsadda Skaloniga yangi shartnoma beriladi.

Topskills Sports UK nashri ma’lumot berishicha, Argentina futbol assotsiatsiyasi allaqachon Skaloni bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Assotsiatsiya prezidenti Klaudio Tapia 2026 yildgi jahon chempionati boshlanishidan oldin kelishuv erishilganini rasmn e’lon qilishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha Shimoliy Amerikaning uchta davlati — AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Lionel Messi yetakchiligidagi Argentina terma jamoasi bo‘lajak mundialda jahon chempionligi unvonini munosib himoya qilishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!