Argentina terma jamoasi mag‘lubiyatdan so‘ng Messiga murojaat qildi
2026 yildgi jahon chempionati finalida Ispaniyaga (0:1) mag‘lub bo‘lganiidan so‘ng Argentina terma jamoasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida jamoa sardori Lionel Messiga bag‘ishlangan maxsus post e’lon qildi.
39 yoshli futbolchi sovrin topshirish marosimida ko‘z yoshlarini tiya olmadi.
- Sening ko‘z yoshlaring — bizning ko‘z yoshlarimiz, kapitan. Sen bizga hayotimizning eng yorqin daqiqalarini hadya etdin.
Sadoqating, maydondagi o‘yining va oxirgi soniyagacha kurashganing uchun minnatdormiz. Biz seni abadiy sevamiz, Leo, — deya qayd etilgan Argentina terma jamoasining rasmiy sahifasida.
Shu tariqa Argentina jahon chempioni maqomini boshqa jamoaga topshirib, musobaqani kumush medallar bilan yakunladi.
Ispaniya esa o‘z tarixida terma jamoalar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqada ikkinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ispanlar ilk marta jahon chempioni unvonini 2010 yilda qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar