Argentina terma jamoasining FIFA kunlari uchun qaydnomasi ma'lum

  • 19.03.2026 22:41
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Jahon chempioni hisoblangan Argentina terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlari doirasida o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvi uchun qaydnomani e’lon qildi. Lionel Skaloni shogirdlari 31 mart kuni Gvatemalaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o‘yin Buenos-Ayres shahridagi La Bombonera stadionida bo‘lib o‘tadi.

Murabbiy Lionel Skaloni Jahon chempionati oldidan jamoani yana bir bor sinovdan o‘tkazish maqsadida kuchli tarkibni chaqirdi. Qaydnomadan jamoa yetakchisi Lionel Messi ham joy oldi. Shuningdek, himoyachilar Tomas Palasios va Gabriyel Roxas ilk bor terma jamoaga chaqirildi. Janluka Prestianining ro‘yxatdan o‘rin olishi esa kutilmagan qaror bo‘ldi.

Quyida to‘liq tarkib bilan tanishing. 
Image
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!