Arman Tsarukyan jang qilishni istayotgan raqibi haqida gapirdi
Taniqli UFC jangchisi Arman Tsarukyan Hype ligasida Muhammad Mokaev ustidan g'alaba qozonganidan so'ng, keyingi rejalari haqida gapirdi.
"Avvalo, Hype ga rahmat aytaman. UFC ga ham bu yerda ishtirok etish imkonini bergani uchun rahmat. Men kamarga birinchi raqamli da'vogarman. Bu ikkinchi darajali ish, mening maqsadim – UFC kamari. Shu uchun juda qattiq mehnat qilyapman. Shundan payt keladiki, men UFC va BMF titullariga birlashtiraman.
Mokaevga rahmat! U gaborit jihatdan kichikroq bo'lsa-da, juda yaxshi himoyalandi. Eshitishimcha, Dillon Denis ham men bilan kurashmoqchi ekan. Mayli kel, seni ham uxlataman. UFC da esa endi Charlz Oliveyra bilan jang qilmoqchiman!" - dedi Arman.
Eslatib o'tamiz, Tsarukyan 2025 yil 22 noyabr kuni "UFC Qatar" turnirida Den Hukerni yengganidan buyon promoushen oktagonida ko'rinish bermadi.
Fikrlar