Arne Slot: "Biz Saloҳ bilan hali ko‘p narsalarni isbotlashimiz kerak"

  • 24.01.2026 14:59
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa vingeri Muhammad Saloҳ haqida gapirdi.

"Menimcha har bir futbolchi murabbiyning barchasini o‘ylab keyin qaror chiqarishini juda yaxshi biladi. O‘ylaymanki, 100ta holatdan 99tasida futbolchilar maydonga tushirilmasa murabbiy bilan kelishmovchilikka uchraydi. Futbolchi avvalo o‘ziga 100 foiz ishonishi kerak. Agar ishonch bo‘lmasa 60 ming muxlis qarshisida o‘ynash qiyin bo‘ladi. Bu holatda futbolchilar o‘zlariga "men o‘ynash uchun yetarli darajada o‘yinga tayyormanmi, aniq o‘ynashim kerakmi? degan savolni berishi kerak. 

Men faqat Mo haqidagina emas, boshqa futbolchilar haqida ham gapiryapman. O‘ylaymanki, asosiy tarkibga kiritilmagan har qanday futbolchiga buni qabul qilish qiyin bo‘ladi. Chunki ich-ichidan jamoaga yordam berishni istaydi, biroq buning imkoni bo‘lmaydi. Asosiy tarkibga o‘zimga ideal ko‘rinmagan futbolchini tushirsam o‘zimni doim noqulay his qilaman. Biz Saloҳ bilan hali ko‘p narsalarni isbotlashimiz kerak", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Arne Slot va Muhammad Saloҳ o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab misrlik futbolchi asosiy tarkibdan chiqarib yuborilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!