
Arne Slot “Liverpul”dan besh futbolchini quvyapti, yana to‘rttasi o‘zi ketmoqchi!
“Liverpul”ning Evropa Chempionlar ligasini kutilganidan erta tark etgani bosh murabbiy Arne Slotni tarkibni kuchaytirishga etibor qaratishiga asos bo‘ldi.
Har qanday klub yangi o‘yinchi olishi uchun moliyaviy feyr-pleyni buzmaslik maqsadida o‘z tarkibidan ayrim futbolchilarni qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Ana shu ma’noda, liverpulliklar besh nafar a’zosi bilan xayrlashishga qaror qildi.
Manbaga ko‘ra, Arne Slot kelasi mavsum Kaoimxin Kellexer, Vataru Endo, Xarvi Elliott, Federiko Keza va Diogu Jotaga o‘yin amaliyoti bermoqchi emas.
Bundan tashqari, “Liverpul” olib qolishga harakat qilayotgan uch yuldaz ham hali klub taklifini qabul qilganicha yo‘q. Muhammad Saloh, Virjil van Deyk va Trent Aleksander-Arnoldning klub bilan shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. Bundan tashqari, hujumchi Darvin Nunes yozda boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar