"Arsenal" 55 yillik klub rekordini yangiladi
"Arsenal" Angliya chempionatining soʻnggi turida "Vest Xem"ni magʻlub etib, mavsumdagi 42-gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
Shu tariqa, londonliklar klub tarixidagi yangi rekordni oʻrnatishdi. Bungacha eng yaxshi natija 1970/71 yildgi mavsumda qayd etilgan boʻlib, oʻshanda jamoa barcha musobaqalar doirasida 41 ta gʻalabaga erishgandi.
Hozirda "Arsenal" bir vaqtning oʻzida ikki yirik turnirda sovrin uchun kurashmoqda. Jamoa Angliya Premier-ligasida chempionlik uchun daʼvogar boʻlib turibdi.
Shuningdek, londonliklar UEFA Chempionlar ligasi finaliga yoʻl olgan. Ular may oyi oxirida hal qiluvchi bahsda PSJga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar