"Arsenal" A Seriyaning eng yaxshi futbolchisini nishonga oldi
Londonning "Arsenal" klubi "Napoli" yarim himoyachisi Skott Makiyomineyni sotib olishi mumkin.
"Manchester Yunayted" safida bir necha mavsumni o‘tkazgan Skott Maktominey yana tumanli Albionga qaytishi mumkin. Gap shundaki, Londonning "Arsenal" klubi 29 yoshli yarim himoyachining o‘yinlarini jiddiy kuzatib bormoqda va yozgi transferlar bozorida futbolchini jamoaga olib kelish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shotlandiyalik futbolchi uchun kanonirlarga hamshaharlar "Tottenxem" raqobat qilishi mumkin. Maktomineyning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning "Transfermarkt"dagi narxi 45 million evroni tashkil etadi. Futbolchi o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘rsa Italiya A Seriyasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Ma’lumot uchun, havbek joriy mavsumda A Seriyada 23ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar