"Arsenal" afsonasi Dyokeresh haqida gapirdi
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Sol Kempbell hujumchi Viktor Dyokereshning muvaffaqiyatga ishonch bildiryotgani haqida gapirdi.
"Dyokereshning jamoadoshlari uning maydon bo‘ylab harakatlanish uslubini tushunib etganda, u zo‘r hujumchi ekanini isbotlaydi. U APL tempiga moslashganda, ajoyib natijalar namoyish etadi. Viktor aynan shu chempionat uchun yaratilgandek. Sheriklari uning tezkor harakatlarini ilg‘ab, qulay vaziyatda turganda to‘p uzatishni o‘rganishlari kerak, xolos. Har bir hujumchining o‘ziga xos xususiyatlari bor", - dedi angliyalik sobiq futbolchi.
Ma’lumot uchun, shvetsiyalik forvard joriy mavsum Arteta qo‘l ostida 19 ta uchrashuvda maydonda harakat qildi va 6 ta gol kirtishga erishdi.

Fikrlar