"Arsenal" — Angliya Premier-ligasining 2025/2026 yildgi mavsum chempioni!

  • 20.05.2026 01:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mikel Arteta boshqarayotgan “Arsenal” Angliya Premier-ligasi 2025/26 mavsumi chempionligini rasmn qo‘lga kiritdi.

37-turda “Manchester Siti” mehmonda “Bornmut”ni mag‘lub eta olmadi — 1:1. Shu natijadan keyin londonliklar muddatidan avval chempionlikni kafolatladi.

Bu “Arsenal” tarixidagi 14-chempionlik bo‘ldi. Jamoa bunga 1930/31, 1932/33, 1933/34, 1934/35, 1937/38, 1947/48, 1952/53, 1970/71, 1988/89, 1990/91, 1997/98, 2001/02 va 2003/04 mavsumlarida ham Angliya chempioni bo‘lgan edi.

Mamlakat chempionatlari soni bo‘yicha “Arsenal”dan faqat “Liverpul” va “Manchester Yunayted” ustun turibdi. Har ikki klub hisobida 20 tadan chempionlik mavjud. “Manchester Siti” esa 10 marta chempion bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!