"Arsenal" Angliya terma jamoasi yarim himoyachisini sotib olmoqchi
"Nyukasl" yarim himoyachisi Entoni Gordon faoliyatini London klublaridan birida davom ettirishi mumkin.
Ingliz OAVlarining bergan ma'lumotiga koʻra, 24 yoshli havbekni "Arsenal" oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Hozirda "toʻpchilar" futbolchini kuzatmoqda. Katta ehtimol bilan bu transfer yozda amalga oshadi.
Gordonning ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Entoni 2023 yildan buyon "Nyukasl" safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida u 133 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol va 27 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻygan.
Fikrlar