Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Arsenal" Artetani tayinlashdan oldin kimlarni ko‘rib chiqqan

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Arsenal» bir qator taniqli murabbiylar orasida Mikel Artetani tanlab, besh yil o‘tib uning qo‘lida kutilgan chempionlikka erishdi.

«Arsenal» Mikel Arteta bosh murabbiy etib tayinlanishidan oldin bir qator taniqli mutaxassislar nomzodini ko‘rib chiqqan. Klub ro‘yxatida Maurisio Pochettino, Karlo Anchelotti, Massimiliano Allegri, Patrik Viyera, Roberto Martines, Vitor Pereyra va Yulian Nagelsman kabi murabbiylar bor edi.

Dastlab Arteta asosiy nomzod sifatida ko‘rilmagan. U futbolchilik faoliyatini yakunlagach, «Manchester Siti»da Pep Gvardiola yonida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan, lekin mustaqil ravishda jamoa boshqarish tajribasiga ega emasdi. Shu bilan birga, «Arsenal»da ishlagan va Arteta o‘yinchi sifatidagi faoliyatini yaxshi bilgan xodimlar sport direktori Edu Gasparni aynan unga imkoniyat berishga ishontirishga muvaffaq bo‘lgan.

«U shunchalik puxta tayyorgarlik ko‘rgan ediki, g‘oya klubda allaqachon ishlayotgandek tuyulardi. U o‘z strategiyasini, «Arsenal»ni qanday ko‘rishini juda batafsil tushuntirib berdi. O‘zimga: «Voy, bu yigit butunlay boshqa darajada tayyorgarlik ko‘ribdi», deb o‘ylagandim. Oxir-oqibat qaror qabul qilish oson kechdi, chunki tanlov jarayonining o‘zi hammasini aniq qilib berdi. Deyarli barcha mezonlar bo‘yicha Mikel eng yaxshi nomzod bo‘lib chiqdi», – deya Edu Gaspar so‘zlarini keltiradi The Telegraph.

2019 yil dekabrida Arteta jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi va ortidan deyarli besh yil o‘tib, klubni kutilgan chempionlik unvoniga olib chiqdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q